Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston bosh vazirining Moskvaga tashrifi bekor qilindi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan dekabr boshida Moskvaga tashrif buyurmaydigan bo‘ldi. Bunga Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammitini videoanjuman shaklida o‘tkazishga qaror qilingani sabab bo‘lgan.
Foto: EPA/Vostock-photo
“Yevroosiyo hukumatlararo kengashining 4 dekabrdagi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammitini videoanjuman shaklida o‘tkazishga qaror qilingani sababli Armaniston bosh vaziri Moskvaga bormaydi”, deb ma'lum qilingan Pashinyan matbuot xizmatida.
Bundan avvalroq, 30 noyabrda Armaniston bosh vaziri rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Mishustin suhbat davomida epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga Moskvada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yig‘ilishni videoanjuman shaklida o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilganini ma'lum qilgan. Ikkala bosh vazir, shuningdek, Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga tegishli bir qator masalalarni muhokama qilgan.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi 2 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida onlayn rejimda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Pashinyan Rossiyaga tashrif buyurmoqchi bo‘layotgani ma'lum qilingandi. Armaniston hukumatidagi manba Pashinyan Moskvaga 3 dekabrda bormoqchiligini, u Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
11:28 / 21.02.2026
Rossiyada Leonardo chipta tizimi operatori milliylashtirildi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
14:59 / 10.02.2026