Jahon | 20:31 / 30.11.2020
2926
1 daqiqa o‘qiladi

YeI beshta shartnomaga muvofiq 2 mlrd doza COVID-vaksina sotib oladi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen vaksina yil oxiriga qadar yetkazilishiga umid bildirdi.

Foto: Kirsty Wigglesworth/AP

Yevrokomissiya koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilishi bo‘yicha beshinchi shartnomani tuzdi. Turli ishlab chiqaruvchilardan buyurtma qilingan vaksinalar dozasi 2 mlrd.ga yetdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Germaniyaning CureVac farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqargan vaksinani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

"Biz qariyb 2 milliard doza bo‘lg‘usi vaksinaga buyurtma berdik", – deb yozdi u Twitter sahifasida.

Ursula fon der Lyayyen vaksina yil oxiriga qadar yetkazilishiga umid bildirdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Yevroittifoq Pfizer-BioNTech va CureVac kompaniyalari vaksinalari uchun 10 mlrd dollardan ortiq pul to‘lashi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid