Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Brexit bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma'lum qildi
Tomonlar baliqchilik, boshqaruv qoidalari va bahslarni hal etish masalalarida kelisha olmayapti.
London va Bryussel o‘rtasidagi savdo muzokaralari boshi berk ko‘chada turibdi. Bu haqda Britaniya adliya vaziri Maykl Gouv ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Qayd etilishicha, tomonlar baliqchilik, boshqaruv qoidalari va bahslarni hal etish masalalarida kelisha olmayapti.
"YeI hali ham bizning suvlarimizdagi baliqchilikdan katta ulush olmoqchi – bu YeIni tark etayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, shunchaki adolatsizlik", - dedi Gouv.
Tomonlar Britaniya YeIdan to‘rt haftadan so‘ng butunlay chiqib ketgach paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan inqirozning oldini olish uchun savdo kelishuvi borasida kelishib olmoqchi.
Avvalroq YeI 10 dekabrda bo‘lib o‘tadigan sammitga qadar London bilan kelishuv imzolanishi kutilmayotganini bildirgandi. Savdo kelishuvi Buyuk Britaniya parlamenti va Yevroparlament tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:06 / 15.06.2026