Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin KXShT mamlakatlarini Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon yetakchilari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolagandi.
Foto: RIA Novosti
Bosh vazir Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha og‘riqli, ammo zarur qarorlarni qabul qilishga majbur bo‘ldi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Armaniston rahbariyati, hukumat raisi o‘ta murakkab, ammo Armaniston xalqi uchun zarur qarorlarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Bu qarorlar albatta og‘riqli, ammo yana bir marta ta'kidlayman, zarur edi va bosh vazirdan ulkan shaxsiy jasorat talab qilardi", - dedi Putin KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida.
"Tinch hayotni yo‘lga qo‘yish, qabul qilingan barcha qarorlarning bajarilishi va og‘ir vaziyatda qolgan odamlarga yordam berish uchun bosh vazir va uning jamoasini qo‘llab-quvvatlash bizning vazifamiz hisoblanadi", - deb qo‘shib qo‘ydi Putin.
27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashib, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlangandi. 9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon yetakchilari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Armaniston va Ozarboyjon harbiy bo‘linmalari egallab turgan joylarida qoldi, mintaqaga rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtirildi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) 1992 yilda asos solingan bo‘lib, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston uning a'zolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026