Jahon | 16:23 / 03.12.2020
1406
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasi koronavirus masalasi bo‘yicha maxsus sessiya o‘tkazadi

Qayd etilishicha, davlatlar rahbarlari interaktiv rejimda chiqish qilishadi. Siyosatchilar sessiya davomida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish mexanizmlarini muhokama qilishadi.

Foto: EPA

BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasi sababli 3-4 dekabr kunlari maxsus sessiya o‘tkazadi. Bu haqda BMT saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, davlatlar rahbarlari interaktiv rejimda chiqish qilishadi. Siyosatchilar sessiya davomida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish mexanizmlarini muhokama qilishadi.

3 dekabr kuni mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish borasida umumiy debatlar bo‘lib o‘tadi. 4 dekabrda esa interaktiv muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muloqotda BMTning sog‘liqni saqlash, vaksina tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi harakati to‘g‘risida so‘z boradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid