Murojaatga bir neçta tölov kvitansiyalari, dalolatnoma va şartnoma nusxalari ilova qilingan.


«Şubhalangan bölsam ham, tölov qildim...»
Murojaatçilardan birining aytişiça, uylariga noma'lum şaxslar kelib, özlarini favqulodda vaziyatlar xizmatidan ekanini aytib, prezident va Vazirlar Mahkamasining qaysidir qarorlari asosida yurişganini, odamlardan 35 ming sömdan naqd pul yiğilayotganini, bu majburiy tölov ekanini aytişgan.
«Uyingizga biror kor-hol bölsa, şu pullardan zararni tölab beramiz», deyişdi. Suğurta taşkilotiga öxşamasdi. Xullas, oz-moz söroqqa tutdim va ular berayotgan javoblari menda şubha uyğota boşladi. Keyin naqd pul emas, plastikda tölayman dedim. Şubhalangan bölsam ham tölov qildim, kvitansiya ham yozib berişdi.
Bizdan keyin qöşnimiz ham birovdan qarz olib, tölov qildi. Uyga kirib taqdim qilingan qoğoz bilan tanişa boşladim. Qarasam, şartnoma deyilgan va unda bizga körsatilişi kerak bölgan xizmatlar yozilgan, lekin öşa xizmatlar körsatilmadi. Şartnomadagi raqamga telefon qilib, gaplarini yozib oldim. Ular: «Anglaşilmovçilik bölibdi, bizdan ötibdi», deb uzr söraşdi», – deydi fuqaro.
«MÇS» emas, MÇJ ekan
Jalaquduqlik fuqarolar hali heç qanday xizmat körsatilmay turib, aholidan pul yiğib olinganidan norozi bölişmoqda. Ular MÇJning Kozimjon ismli xodimi bilan telefon orqali suhbatda masalani köndalang qöyişganini aytişdi.
Fuqarolarga köra, bu taşkilot xodimlari özlarini «favqulodda vaziyatlar taşkilotidanmiz», deb taniştirişgan. Ularning gap-sözlari har qança şubhali bölsa-da, harbiylarga xos kiyimlari, tölov uçun kvitansiya taqdim etişi, şuningdek gap-sözlari sodda qişloq odamlarini işonişga majbur qilgan.
Natijada ular pul tölamasak bölmas ekan, degan xayolga borişgan.


Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rahbariyati bilan boğlandik. Vaziyatga boşqarma boşliğinig örinbosari Bahromjon Rajabov izoh berdi.



















