Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga köra, topşiriq Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov va tuman xalq ta’limi bölimi boşliği Gulidona Sayyidovaga yuborilgan.
Kun.uz muxbiri Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova bilan boğlanib, Jalaquduqdagi voqea tafsilotlari, “pastga” köçmayotgan ta’lim islohotlari va “yersotar” hokimlar mavzusida intervyu ötkazdi.
— Laylo opa, vazirlik Jalaquduq tumanidagi holat böyiça içki tekşiruv, suriştiruv ötkazdimi? Ötkazilgan bölsa qanday natija olindi, ötkazilmagan bölsa, nega?
— Ta’limga oid har qanday tanqidiy xabar çiqarkan, biz uni hududiy rahbarlar iştirokida muhokama qilamiz va öşa holat böyiça örganiş işlari olib boriladi.

Biz bu holatni ham örganişga berganmiz. Oldindan şuni aytiş mumkinki, tarqalgan suratlarda murojaat sinf rahbarlariga qaratilgan. Demak, uni maktab rahbari yozgan bölişi kerak. Çunki yuqoridan topşiriq bölganda u maktab rahbarlariga qaratilgan bölardi.
— Vazirlikning örganişi faqat şundan iboratmi?
— Örganiş qilindi, lekin öşa yozuvning aynan kimdan çiqqani masalasi aniqlanganiça yöq. Topganimiz bilan baribir insonning öz dunyoqaraşi, mafkurasi bölişi kerak.
Aytaylik, siz intervyudan avval bu topşiriqni bergan kişiga nima çora köriladi, çora köriladimi özi, deya söradingiz. Albatta köriladi, çunki bizning işimiz bolalar ongiga sun’iy narsalarni singdirişdan iborat emas. Biz aksinça, ularning dunyoqaraşini kengaytirişimiz, öz fikrini töğri ifodalay olişni örgatişimiz kerak.
Maktab bolasi öqişga kirişni xohlamasa ham unga öqişga kiraman deb aytişing kerak deyişning özi bu – bolaning kelajagiga qizil çiziq tortiş degani. Çunki unda şu kabi bir neça holatdan keyin rahbarning oldida biz rol öynaşimiz kerak ekan, yolğon gapirişimiz kerak ekan, degan fikr şakllanadi. Bu töğri emas. Biz aytayotgan topşiriq uni bergan kişining xalq ta’limiga naqadar nomunosib ekanini körsatib turibdi.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
















