2020 yilning 4 avgust kuni soat 12:45da Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Tadbir davomida, fuqaro 31 yoşli I.A. tumandagi Dostonobod MFY hududida 1 dona tselofan paketga solib qadoqlangan holdagi sof oğirligi 937,62 gramm bölgan “Gaşiş” giyohvandlik moddasini 5.000 AQŞ dollari va 100.000.000 söm pullar evaziga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida, I.A.dan kimyoviy işlov berilgan 5000 AQŞ dollari va 100.000.000 söm miqdoridagi pullar xolislar iştirokida tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. I.A. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.

















