Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yangi tuğilgan çaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda boş prokuror matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Hayot Şamsiddinov xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotga köra, Jalaquduq tumanida oila qurmagan ayol qiz çaqaloqni dunyoga keltirib taşlab ketgan, çaqaloq vafot etgan.

Hayot Şamsiddinovning xabar qilişiça, Jalaquduq tumanida yangi tuğilgan (qiz jinsli) çaqaloqning jasadi topilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Urgançdagi çiqindixonadan çaqaloq murdasi topilgandi.

Xorazm viloyat prokuraturasiga köra, 1 yanvar kuni Urganç şahrida joylaşgan çiqindi taşlaş joyidan ölik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub çaqaloq murdasi topilgan.

Ekspert xulosasiga köra, çaqaloq ona qornida 5,5 - 6 oy yaşagan bölişi mumkin, çaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmagan, çaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yöldoşida homiladorlikni jarrohlik aralaşuvisiz erta tugatişda qöllaniladigan sintetik preparat “mifepriston” dori vositasi qoldiqlari topilgan.