SSV mutasaddilari Qashqadaryoda tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlari boshlandi. Shu munosabat bilan 3 dekabr kuni mazkur jarayonning tashkil etilishi, uni yoritishda jurnalistlar e'tibor qaratishi zarur bo‘lgan holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova boshchiligidagi soha mutasaddilari ishtirokida Qarshi shahrida ommaviy axborot vositalari bilan muloqot o‘tkazildi.
«Unda vazir o‘rinbosari hududlarida aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish jarayonlari o‘zi nima ekani, undan ko‘zlangan maqsad, kutilayotgan natijalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining bu jarayonlarda tibbiyot xodimlari bilan hamkorligining ahamiyati haqida tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, viloyatning sog‘liqni saqlash sohasiga mas'ul rahbarlari ishtirok etgan muloqotda tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlarida mahalliy va davlat hokimiyati organlarining vazifalari taqsimotiga ham oydinlik kiritildi. Jumladan, viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman va shahar hokimliklari va tibbiyot birlashmalaridan toki oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punkti xodimlarigacha jarayonda qay tartibda ishtirok etishi, ularning vazifalari nimalardan iborat ekani batafsil izohlandi. Xonadonlarda patronaj va antromertiyadan o‘tkazishni sifatli tashkil etish uchun tibbiy brigadaning har bir o‘rta tibbiyot xodimi kuniga 6tadan kam bo‘lmagan xonadonni samarali o‘rganishi lozimligi ta'kidlandi.
Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori Habibullo Oqilov aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazishda raqamlar realligini ta'minlash zarurligini alohida ta'kidladi. Xatlov paytida xonadon a'zolaridan birortasi uyda bo‘lmagan taqdirda boshqalarning so‘ziga asoslanib taxminiy raqamlar yozib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmasligiga tibbiy brigada xodimi shaxsan javobgar bo‘lishi zarurligini aytdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, tibbiy xatlov tadbirlari doirasida viloyatda 1535 tibbiy brigada tashkil etilib, hududlarga biriktirilgan. Jarayonga tibbiyot oliy o‘quv yurti va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 695 nafar amaliyotchi talabalari hamda 75 nafar professor-o‘qituvchilari safarbar etilgan. Shuningdek, 38ta zaxira tibbiy brigadalari shakllantirilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Yamandagi neft terminaliga zarba berdi: 60 ga yaqin kishi halok bo‘lgan
Jahon | 19:30
-
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14
-
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi
O‘zbekiston | 19:00
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

11:02 / 15.12.2024