Qiş. Sovuq fasl. Köpçilikni qiynaydigan qator muammolar ustiga turli hududlardagi ayançli yonğinlar, is gazi tufayli ölimlar haqidagi xabarlar köpayib qolgan davr. Yana bozorlarning ustma-ust yonişi ham kişida şubha öyğotişi tabiiy. Yonğin xavfsizligiga oid şu va boşqa masalalar böyiça FVV boşqarma boşliği Zulfiqor Qiliçov bilan suhbatlaşdik.

– Sönggi kunlarda havo harorati pasaygani yonğinlar soniga ta'sir qilişi ham tabiiy. Bu boradagi aniq raqamlar bormi? Ya'ni ötgan yilning ayni şu 10 kunligi va bu yildagi 10 kunlikdagi körsatkiçlar qanday farqlanadi?

– Ming afsuski, ehtiyot çoralariga, tarğibot tadbirlariga qaramay bu muddatda yonğinlar soni ortgan. 2020 yilning 18 noyabridan 27 noyabriga qadar, ya'ni 10 kun mobaynida respublikada 482 ta yonğin qayd etilib, bu hodisalar oqibatida 11 kişi vafot etgan hamda 10 kişi kuyiş tan jarohati olgan. 2019 yilning xuddi şu davrida 388 ta yonğin sodir bölib, 7 kişi vafot etgan, 9 kişi kuyiş tan jarohati olgan. Körinib turibdiki, baxsiz hodisalar soni salkam 100 taga oşgan.

– Sönggi paytlarda bozorlardagi yonğinlar soniga oid xabarlar köpaydi. Bu boradagi statistika qanday va nega aynan bozorlar? Bozorlar ataylab yoqilişiga oid taxminlarga qanday qaraysiz va bu boradagi suriştiruvlar haqida ma'lumot bersangiz?

– 2020 yilning ötgan davri mobaynida respublika hududidagi bozorlar va savdo kompekslarida 9 ta yonğin sodir bölib, oqibatida 369 mln sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. Sodir bölgan yonğinlarning 8 tasi elektr uskunalaridan foydalaniş va tuziliş qoidalari buzilişidan, bittasi çekiş vaqtida ehtiyotsizlikdan deb topilib, Davlat yonğin nazorati hamda içki işlar organlari tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilib, tegişli qarorlar qabul qilingan. Har bir yonğin holati böyiça alohida suriştiruvlar olib boriladi.

– Juda oğriqli va jiddiy muammo – is gazidan zaharlaniş. Yaqinda Xovosdagi bir oilaning 4 nafar a'zosi, ona va uç bolasi vafot etgani ayançli holat. Nega bunday holatlar kamaymayapti?

– Çindan ham bu juda ayançli hol. Har bir holat barça yurtdoşlarimizni va birinçi navbatda bizni qattiq öylantiradi.

Statistik ma'lumotlarga köra, respublikada sönggi uç yil içida kuzgi-qişki isitiş mavsumida sodir bölayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq.

Aytib ötiş kerakki, olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarga qaramasdan, afsuski, is gazidan zaharlaniş bilan boğliq köngilsiz holatlar hamon davom etmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni aytib ötiş mumkin: