«O‘zdavkarantin»: Rossiya Federatsiyasiga eksport bo‘lgan quritilgan o‘rik mahsuloti uchun O‘zbekistonga taqiq qo‘yilmaydi
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan yuklangan 1 tonna quritilgan o‘rik mahsulotida karantin obekti hisoblangan 2 ta «Kapr qo‘ng‘izi» lichinkasi topilgan.

Foto: Anadolu Agency
Joriy yilning 3 dekabr kuni Rosselxoznadzor rasmiy veb saytida O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga eksportga jo‘natilgan quritilgan o‘rik mahsulotida «Kapr qo‘ng‘izi» aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyati «Rosselxoznadzor» karantin xizmati rahbariyati bilan tezkor ravishda onlayn muzokaralar olib bordi.
«Rossiya tomonidan yuborilgan fotosuratlar Markaziy karantin laboratoriyasi xodimlari ishtirokida tekshirilib, ko‘rsatilgan mazkur karantin obekti aynan «Kapr qo‘ng‘izi» emas, balki Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasida tarqalgan «Trogoderma» oilasiga mansub boshqa qo‘ng‘iz ekanligi taxmin qilinmoqda», — deya xabar bermoqda «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi.
Ma'lum qilinishicha, onlayn muzokaralar davomida Rossiya Federatsiyasi tomonidan quritilgan o‘rik mahsuloti uchun taqiq qo‘yilmaslikka kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksporter korxonaga nisbatan fitosanitar choralar ko‘rilishi haqida ahdlashuvga erishildi.
«Tezkor olingan ma'lumotga ko‘ra, ushbu tadbirkor Rossiya Federatsiyasidan quritilgan o‘rik mahsulotining eski hosilini yuklash bo‘yicha buyurtma olgan. Eksport sig‘imini to‘ldirish maqsadida hududdagi dehqon bozorlaridan eski hosillarning qoldiqlarini turli joylardan to‘plab, mahsulot yig‘gan. «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi mazkur holatdan so‘ng shuni e'lon qiladiki, O‘zbekiston Respublikasidan xorijga yuklanadigan barcha turdagi quritilgan mahsulotlar to‘liq fumigatsiya qilinishi, mahsulot fitosanitar tozaligini qat'iy nazoratdan o‘tkazib, fitosanitar sertifikati rasmiylashtirilib berilgandagina eksportga chiqariladi», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmatining («Rosselxoznadzor») rasmiy veb-saytida O‘zbekistondan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelishi uchun vaqtinchalik taqiq qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yadroviy xavfsizlik boshqarmasining 500 nafar xodimi ishdan bo‘shatiladi
Jahon | 22:26
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi
Sport | 22:07
-
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46
-
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

14:48 / 23.07.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan taqiq yuzasidan «Rosselxoznadzor» bilan muzokara o‘tkazildi

13:12 / 17.06.2021
Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importiga talablar kuchaytirildi

20:14 / 28.04.2021
Import-eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simliklarning laboratoriya ekspertizasi pulli bo‘ldi

12:03 / 08.04.2021