Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati böyiça federal xizmati («Rosselxoznadzor») 26 noyabr kunidan boşlab Rossiya Federatsiyasiga Özbekistonning Farğona viloyati hududidan pomidor va qalampir olib kirişni taqiqlaydi. TASS naşri idora xabariga asoslanib xabar qilişiça, bunga sabzavotlarda karantin kasalligi tobamovirus aniqlangani sabab bölgan.

«Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati 2020 yil 26 noyabrdan boşlab Özbekiston Respublikasining Farğona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirişga taqiqni joriy etadi. Bunday çoralar Özbekistonning uşbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirda pomidor mevasining jigarrang burişişi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) virusi aniqlangani munosabati bilan amalga oşirildi», deyiladi xabarda.

Pomidor mevalarining jigarrang burişişi viruslari, pomidorda doğ paydo bölişi va pepino mozaikasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengaşi qarori bilan tasdiqlangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi karantin obektlarining yagona röyxatida mavjud emas.

«Rosselxoznadzor» Rossiyada issiqxonada sabzavot yetiştiriş uçun uşbu viruslar zararli ekanini hisobga olib, 2020 yil 27 iyuldan boşlab vaqtinça karantin fitosanitariya çorasi sifatida eksport qiluvçi mamlakatlardan Rossiyaga keluvçi pomidor va qalampir uruğlari, köçatlari va mevalarida uning mavjud bölmasligi talabini kiritdi.

Talab uşbu viruslar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi karantin obektlarining yagona röyxatiga kiritilguniga qadar amal qiladi. Şu bilan birga, idora körsatilgan zararkunanda organizmlarni yagona röyxatga kiritiş masalasini zudlik bilan körib çiqişni sörab, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga murojaat qilgan.

Mevaning jigarrang burişişi viruslari (ToBRFV, tobamoviruslar turkumi vakili) sabzavot ekinlariga zarar keltiradi, barglarga doğ tuşirib, meva deformatsiyasini keltirib çiqaradi.

Agar zararlangan meva sanoat issiqxonasiga tuşib qolsa, undagi barça ösimliklarning töliq nobud bölişiga olib kelişi mumkin.