Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Rosselxoznadzor" Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan vaqtincha taqiqni bekor qildi
Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan vaqtincha taqiqni olib tashladi.
“O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan mahsulotlarning fitosanitariya sertifikatlash borasida nazoratning kuchaytirilgani haqidagi ma'lumotidan kelib chiqib, “Rosselxoznadzor” 2021 yil 7 apreldan boshlab O‘zbekiston tomonining bergan kafolatlariga asoslanib, Rossiya Federatsiyasi hududiga O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampirdan boshqa barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat beradi”, deyiladi "Rosselxoznadzor" xabarida.
Avvalroq, Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati 1 tonna import qilingan quritilgan o‘rikda kaper qo‘ng‘izi aniqlangani vaji bilan Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha o‘simlik mahsulotiga taqiq joriy etgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatidan eksport qilingan bulg‘or qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan ushbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilishga taqiq qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026