Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada avtobusning estakadadan qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Avtobus 35 metr balandlikdan qulab tushgan.
Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida yo‘lovchi avtobusi estakadadan qulab tushdi. Bu haqda G1 telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan.
Avtobus 35 metr balandlikdan qulab tushgan.
Halokatga tormoz ishlamay qolganligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, 23 kishi jarohatlangan. Haydovchi va yana besh nafar yo‘lovchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Politsiya haydovchini qidirmoqda.
Mavzuga oid
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026