Jahon | 16:43 / 05.12.2020
4568
2 daqiqa o‘qiladi

Nevada sudi ushbu shtatda Trampning g‘alabasini tan olish to‘g‘risidagi da'voni rad etdi

Da'vogarlar demokrat Jozef Bayden shtabiga qarshi bildirgan birorta ham ayblovining asosli ekanligini isbotlab bera olishmagan.

Foto: REUTERS / Carlos Barria

Nevada okrug sudi respublikachilar partiyasining amaldagi prezident Donald Tramp prezident saylovida ushbu shtatda g‘alaba qozonganini tan olish to‘g‘risidagi da'vosini rad etdi. Bu haqda sudya Jyeyms Rassellning qaroriga asoslanib CNN telekompaniyasi xabar berdi.

Uning fikricha, da'vogarlar demokrat Jozef Bayden shtabiga qarshi bildirgan birorta ham ayblovining asosli ekanligini isbotlab bera olishmagan. Respublikachilar shuningdek, demokratni saylovchilar ovozini sotib olishda ayblagandi.   

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makineni 30 noyabr kuni Fox News telekanali efirida Tramp shtabi ushbu haftada Nevadadagi ovoz berish jarayonida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida dalillarni taqdim etishini aytgandi. 

 AQShda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Amerikadagi yetakchi ommaviy axborot vositalarining baholashlaricha, saylovda Jozef Bayden g‘alaba qozondi. Donald Tramp hozircha uning g‘alabasini tan olmayapti. Uning fikricha, saylov jarayonida demokratlar tomonidan ko‘plab qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid