Tegişli hujjat YeI komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen tomonidan imzolandi.
Qaror Yevropa komissiyasi monitoring guruhlarining Özbekiston inson huquqlarini himoya qiliş, mehnat standartlariga rioya qiliş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va samarali boşqaruv sohasidagi 27 xalqaro konvensiya talablarini bajarayotgani töğrisidagi hisobotlari asosida qabul qilindi. Ötkazilgan tahlillarga asoslanib, Yevropa komissiyasi respublika “GSP+”da iştirok etiş mezonlariga muvofiq kelişi töğrisidagi xulosaga keldi va uni uşbu tizimning benefitsiarlari röyxatiga kiritişni taklif qildi.
Belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, mazkur qaror endi körib çiqiş va tasdiqlaş uçun Yevropa kengaşi va Yevropa parlamentiga havola etiladi. Qaror tasdiqlangandan söng Özbekiston işlab çiqaruvçilari va eksportçilari öz mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilişda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanişni boşlaşlari mumkin böladi. Şunda, Özbekiston işlab çiqaruvçilari YeI mamlakatlariga eksport qilişlari mumkin bölgan tovar pozitsiyalarining soni 6200gaça oşadi.
Mamlakat tomonidan “GSP+” benefitsiari maqomini oliş eksportning barqaror ösişi va diversifikatsiyasi uçun mustahkam poydevor yaratadi. Bu Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan özaro manfaatli savdo munosabatlarining tez sur'atlar bilan rivojlanişiga xizmat qiladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yakuniy qaror qabul qilinişini tezlaştiriş maqsadida muhokamalarda qatnaşiş va savollarga tezda javob beriş uçun YeIga a'zo mamlakatlar bilan hamkorlikda iş olib boriş böyiça çoralar körilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

















