Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt hukumati iste'foga chiqdi
Kuvayt amiri Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 6 dekabrda hukumat iste'fosini qabul qildi. Hukumat mamlakatda 5 dekabrda o‘tgan parlament saylovlaridan keyin iste'foga chiqdi.
Foto: AP / Nasser Waggi
CUNA axborot agentligining xabar berishicha, mamlakat rahbari bosh vazir va hukumat iste'fosini qabul qilgan. Amir yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgungacha avvalgi hukumatga o‘z ishini davom ettirishni buyurgan.
Kuvaytning bir palatali parlamenti – Milliy yig‘in umumiy saylovlar davomida 4 yilga saylanadigan 50 deputatdan tashkil topgan. Unga, shuningdek, maslahat berish vazifalariga ega vazirlar ham kiradi. Ushbu vazirlarning soni parlament tarkibining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
Kuvaytda 5 dekabrda o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra, avvalgi chaqiriqdan faqat 19 deputat parlamentda o‘z o‘rnini saqlab qolgan. E'tiborlisi, saylovlarda ishtirok etgan 28 ayol nomzoddan birortasi amirlikning yangi parlamentiga saylana olmagan.
Mavzuga oid
21:02 / 10.03.2026
Kuvayt, Iroq, BAA va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni uchdan birga qisqartirdi – OAV
16:27 / 02.03.2026
Kuvaytda AQShning 3 ta samolyoti quladi
19:34 / 01.03.2026
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
09:00 / 17.11.2025