Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi Indoneziyada 97 foiz samaradorlik ko‘rsatdi
Indoneziya 7 dekabr kuni Sinovac kompaniyasining koronavirusga qarshi mo‘ljallangan 1,2 mln doza vaksinasini oldi va yanvarda yana 15 mln doza vaksina olishni rejalashtirgan.
Xitoyning Sinovac kompaniyasi vaksinasi Indoneziyadagi sinovlarda 97 foizgacha samaradorlik ko‘rsatdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
"Klinik tadqiqotlar bo‘yicha jamoamiz bir oy davomidagi dastlabki ma'lumotlar 97 foiz holatlarda samaradorlik ko‘rsatayotganini aniqladi", - dedi Indoneziyaning Bio Farma farmatsevtika kompaniyasi vakili Ivan Setiavan.
Indoneziya 7 dekabr kuni Sinovac kompaniyasining koronavirusga qarshi mo‘ljallangan 1,2 mln doza vaksinasini oldi va yanvarda yana 15 mln doza vaksina olishni rejalashtirgan.
Hozirda Xitoyning to‘rtta vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida. Ulardan ikkitasini Sinopharm korporatsiyasi, bittasini CanSinoBIO kompaniyasi va yana birini Sinovac ishlab chiqqan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026