Jahon | 14:54 / 09.12.2020
6639
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden jamoasi AQSh sanksiyalarini qayta ko‘rib chiqadi

Gibson Dunn yuridik kompaniyasining ma'lumot berishicha, Tramp ma'muriyati 2017 yildan buyon 3900 marta sanksiya joriy etgan (kuniga deyarli uchtadan). Bu Oq uy uchun rekord hisoblanadi: bungacha hech bir prezident yiliga 700 martadan ortiq sanksiya kiritmagan. 

Jo Bayden va Donald Tramp / Foto: Morry Gash-Pool / Getty Images

Jo Baydenning bo‘lajak ma'muriyati Oq uyning amaldagi rahbari Donald Tramp tomonidan kiritilgan sanksiyalarni har tomonlama tahlil qilib chiqadi. AQSh moliya vazirligining sanksiyalar bo‘yicha boshqarmasi faoliyatini Bayden moliya vaziri o‘rinbosari sifatida tanlagan Adevale Adeyyemo tekshiruvdan o‘tkazadi. 

 Gibson Dunn yuridik kompaniyasining ma'lumot berishicha, Tramp ma'muriyati 2017 yildan buyon 3900 marta sanksiya joriy etgan (kuniga deyarli uchtadan). Bu Oq uy uchun rekord hisoblanadi: bungacha hech bir prezident yiliga 700 martadan ortiq sanksiya kiritmagan.  

Tanqidchilarning ta'kidlashicha, Tramp ma'muriyati sanksiyalardan har qanday tashqi siyosiy muammoni hal qilishda universal vosita sifatida foydalangan hamda juda ko‘p va tartibsizlik bilan qo‘llagan. Ekspertlar Tramp ma'muriyatining ayrim sanksiyalari ko‘pincha samarali bo‘lgan bo‘lsa-da, ular yaxshi o‘ylangan iqtisodiy siyosatdan ko‘ra ko‘proq piarga o‘xshab ketadi deb hisoblamoqda.

Ularning fikricha, Bayden ham Trampning tajovuzkorona siyosatini davom ettiradi. Ammo bunda AQSh sanksiya kiritadigan bo‘lsa, sheriklariga qarshi emas, ular bilan birgalikda joriy etadi.

«Sanksiyalar kamaytiriladi deb o‘ylamayman, sanksiyalarni suiiste'mol qilish kamaytiriladi», — dedi davlat departamentining sanksiyalar bo‘yicha sobiq koordinatori Deniyel Frid.

Hozircha Bayden jamoasi Trampning qaysi sanksiyalarini saqlab qolish yoki bekor qilish to‘g‘risida gapirmayapti. Ammo AQSh sanksiyaviy siyosatining diqqat markazida Rossiya va Xitoy turibdi, deb yozadi Bloomberg.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid