Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahar xalq ta'limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijon shahar xalq ta'limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning noyabr oyida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon shahar xalq ta'limi bo‘limi tomonidan ish haqi to‘lovlari bo‘yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.
Ushbu aniqlangan shubhali xarajatlar yuzasidan xalq ta'limi bo‘limining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilganda, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd so‘m naqd pullar xalq ta'limi bo‘limining mas'ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.
Ushbu o‘zlashtirilgan mablag‘lar 2018 yilda 1,0 mlrd so‘mni, 2019 yilda 12,6 mlrd so‘mni va 2020 yilning o‘tgan davrida 20,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘tkazilgan taftish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026