O‘zbekiston | 09:46 / 11.12.2020
1434
3 daqiqa o‘qiladi

OTB ishtirokida Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suvi tizimlarini qurish loyihasi amalga oshiriladi

Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chinoz, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarini kanalizatsiya xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsad qilingan.

Foto: Bloomberg

Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suvi hamda oqava ta'minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (Faza-3)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha:

a) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan O‘zbekistonga “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suvi hamda oqava ta'minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (Faza-3)” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 161,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz ajratilishi ma'qullangan;

b) loyihaning umumiy qiymati 185,8 mln. AQSh dollarini, shu jumladan:

OTB qarzi – 161,0 mln. AQSh dollarini;

loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonning hissasi – qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash, soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishda 24,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;

v) loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021-2025 yillar) tashkil etadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

“O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, OTBning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydigan mas'ul ijro etuvchi organ;

Toshkent viloyati hokimligi “O‘zsuvta'minot” AJ bilan birgalikda loyihalarning sifatli amalga oshirilishi va OTB qarz mablag‘larining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

loyihani amalga oshirish davrida moliyaviy va boshqa xarajatlarni to‘lash OTB qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston moliya vaziriga:

O‘zbekiston nomidan OTB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini;

Toshkent viloyati hokimligi va “O‘zsuvta'minot” AJning “Toshkent suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida OTB qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid