Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 oyda 706 milliard so‘m: Samarqanddagi majburiy undiruvlar ma'lum qilindi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zokirov viloyatda undirilgan to‘lov va qarzdorliklar haqida ma'lumot berdi.

2020 yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyati bo‘yicha ijroga qaratilgan majburiy mulkiy undiruvlarning umumiy summasi 2 trln 230 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida jami 1 trln 308 mlrd 659 mln so‘mlik 168 ming 610 ta ijro hujjati bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan. Undirilgan to‘lov va qarzdorliklar miqdori esa 706,6 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Qolgan 921 milliardlik ijro hujjatlari bo‘yicha hozirgi kunda tegishli tadbirlar davom etmoqda.
Mazkur summa majburiy undiruv bilan bog‘liq qarorlar ijrosini ta'minlash, davlatga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan soliq qarzdorligini, davlat boji, ma'muriy va jinoiy jarimalarni undirish, jinoyatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar undiruvlari natijasida yuzaga kelgan.
Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq qarzdorligini majburiy undirish 212,9 mlrd so‘mni, soliq qarzdorligi bo‘yicha undiruvlar 42,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Viloyat “Matbuot uyi”da o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, ma'muriy jarimalar bilan bog‘liq ijro hujjatlari soni jami ijro hujjatlarining 48,5 foizini tashkil qilmoqda.
O‘tgan 11 oyda bu toifadagi 62,8 milliard so‘mlik 131 988 ta ijro hujjatlari yuzasidan tegishli tadbirlar amalga oshirilib, 39,1 milliard so‘mlik ijro ta'minlangan.
Anvar Mustafoqulov tayyorladi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026