Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Armanistonni Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi
Avvalroq Armaniston mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da yana hujum harakatlari boshlanganini ma'lum qilgandi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston tomonini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi qayd etilishiga Armaniston tomoni sababchi bo‘lgan.
«Hozirda u yerda rossiyalik tinchlikparvarlar joylashgan, ular faoliyatlarini boshlagan. Menga hozir xabar qilishdi, kecha arman jangarilari yoki arman armiyasi qoldiqlari ayrim teraktlarni sodir etganiga qaramasdan, vaziyat ma'lum darajada barqaror. Bu albatta, xavotir uyg‘otadi», — dedi Ozarboyjon prezidenti.
Avvalroq Armaniston mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da yana hujum harakatlari boshlanganini ma'lum qilgandi.
27 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlangandi.
9 noyabrda Rossiya vositachiligida uch tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida) kelishuv imzolandi va urush to‘xtadi.
Mavzuga oid
14:14
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026