Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston koronavirusga qarshi kurash borasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga kelishib oldi
11 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston yetakchisi va qardosh turkman xalqini ushbu mamlakat betarafligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik, farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani va bugun ular jadal sur'atda rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va tranzit, hududlararo rishtalar va gumanitar dasturlar kabi muhim sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Amaliy hamkorlikning yangi shakllarini yo‘lga qo‘yishga hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida qo‘shma tuzilma tashkil etishga kelishib olindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz ro‘yobga chiqarishda qo‘shma hukumatlararo komissiyaning samarali ishi va faol idoralararo muloqot muhim o‘rin tutishi alohida ta'kidlandi.
Davlat rahbarlari jahondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi an'anaviy yaqin muloqotlarni va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldi.
Prezidentlar mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtaldi, shuningdek, bo‘lajak MDH sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026