Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda iPhone’lar yig‘iluvchi zavod ishchilar tomonidan ostin-ustin qilindi
Hindistonning Karnataka shtatida iPhone smartfonlari yig‘iluvchi zavod ofisi ishchilar tomonidan ostin-ustin qilindi. Ishchilarning noroziligiga ularning maoshlari bo‘yicha qarzdorlik sabab bo‘lgan.
Tayvanning Wistron Corp. kompaniyasiga tegishli zavod binosi oldida mingga yaqin odam to‘plangan. Ular o‘zlariga tegishli maoshning to‘lanishini talab qilishgan. So‘ngra noroziliklar tartibsizliklarga aylanib ketgan.
Ishchilar zavod hududiga bostirib kirib, u yerni ostin-ustin qilishgan va bir nechta avtomobilni to‘nkarib tashlashgan. Oxir-oqibat vaziyatga politsiya aralashib, darg‘azab olomonni tarqatishga muvaffaq bo‘lgan.
Winstrom Corp. kompaniyasi Apple’ning pudratchisi bo‘lib, uning Karnatakadagi zavodida iPhone SE telefonlari yig‘iladi.
Mavzuga oid
18:02 / 08.05.2026
Apple golografik displeyli iPhone ishlab chiqmoqda
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026