Jahon | 21:10 / 15.12.2020
1738
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya hukumati mavjud  cheklovlarni yanada qat'iylashtirish kerakligini ma'lum qildi

Italiya yakshanba kuni koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi va Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi.

Foto: AFP

Italiya hukumati uchinchi to‘lqinning oldini olish uchun mavjud cheklov choralarini yanada qat'iylashtirishga majbur. Bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte La Stampa gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

 «Endi yangi cheklovlar kerak. Biz qanday qilib bo‘lsa ham uchinchi to‘lqinning oldini olishimiz shart, chunki u halokatli oqibatlarga olib keladi», — dedi Konte.

 U rojdestvo bayramida mamlakatni «yangi bosim» kutayotganini aytdi. Kontening so‘zlariga ko‘ra, unga faqat mamlakat koalitsion rahbariyatining birgalikdagi sa'y-harakati bilangina bas kelish mumkin.

Italiya yakshanba kuni koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi va Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi.

 Konte 4 dekabrda 21 dekabrdan 6 yanvargacha Italiyaning 20ta regioni o‘rtasida faqat ish, davolanish yoki muhim ish bilangina harakatlanishga ruxsat berilgan farmonni imzolagandi.  Italiyaliklarga rojdestvo va yangi yil bayramlarida o‘zlari yashayotgan shaharni tark etmaslik tavsiya qilingan. Bu kunlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan.

Italiyada 5 noyabrdan favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Jumladan, soat 22:00dan 5:00gacha komendantlik soati amal qiladi, savdo markazlari, muzey va galereyalar dam olish kunlari ishlamaydi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Italiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 1 mln 855 ming kishi kasallikka chalingan, 65 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid