Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponlar «SamAvto» negizida avtobus va boshqa transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Joriy yilning 14 dekabr kuni hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Tokio shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiya biznes federatsiyasi “Yaponiya-MDH” biznes hamkorligi qo‘mitasi kengashi raisi va “Marubeni Corporation” kompaniyasi raisi Fumiya Kokubu, “Itochu Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh boshqaruvchi direktori Yoshixisa Suzuki hamda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Takexiko Kakiuchi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Fumiya Kokubu bilan uchrashuv chog‘ida istiqbolli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda, O‘zbekistonda yapon tadbirkorlarining muvaffaqiyatli faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish orqali O‘zbekiston-Yaponiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu chora-tadbirlardan biri sifatida tomonlar biznes sherikchilik istiqbollarini muhokama qilish va aniq loyiha va tashabbuslarni kelishib olish maqsadida “Keydanren” Yaponiya biznes federatsiyasi shafeligida yirik yapon kompaniya va korporatsiyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda “Marubeni” kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika, geologiya va kimyo sanoati sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan bog‘liq amaliy masalalar ko‘rib chiqilib, kimyo va to‘qimachilik sanoatida yangi loyihalarni ishlab chiqish hisobiga kompaniyaning bozordagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Mitsubishi” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida korporatsiyaning O‘zbekistonda energetika va infratuzilmaviy rivojlanish sohalarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishdagi muhim roli ta'kidlandi. Ushbu loyihalarning muhim afzalliklari – Yaponiyaning energiya tejaydigan ilg‘or texnologiyalari joriy etilgani va yuqori iqtisodiy samaradorlik.

Shu bilan birga, uchrashuvda faol investitsiyaviy sheriklikka o‘tish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini - muqobil energetika, to‘qimachilik va neft-kimyo sanoatlarini qamrab olish orqali hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu nuqtayi nazardan tomonlar Yaponiyaning yetakchi to‘qimachilik brendlarini O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga jalb etish maqsadida birgalikda ish olib borishning istiqbollarini muhokama qildi.

“Itochu” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar kun tartibidan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, “SamAvto” korxonasi ishlab chiqarish obektlari negizida avtobus va boshqa transport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda “Di-Maks” avtomobillari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tahlilini o‘z ichiga oldi. Shu bilan birga, kompaniya rahbariyati investitsiyalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026