Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar 2ta yangi transport o‘tkazgich bog‘lamasi ishga tushiriladi - «Toshshahartransxizmat»
Toshkent shahrida 12ta transport o‘tkazgich bog‘lamalarini tashkil etish belgilangan, deb xabar qildi “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati.
Qayd etilishicha, hozirda “Sergeli” tumanining “Choshtepa” (1-bekat) hamda “Qipchoq” (5-bekat) hududlarida mazkur transport o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, ularni yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Transport o‘tkazgich bog‘lamalarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yo‘lovchilarning bir transportdan ikkinchi transportga o‘tish imkoniyatini yanada kengaytirishdan iborat.
Mazkur turdagi transport o‘tkazgich bog‘lamalarda aholi uchun velosiped turargohlari, qishki kutish zallari, wi-fi zonalari, avtobus kelish vaqtini ko‘rsatib turuvchi maxsus tablo va boshqa qulayliklarni yaratish rejalashtirilgan.
Tez orada foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan “1-bekat” hamda “5-bekat” transport o‘tkazgich bog‘lamalari haqida ma'lumot:
“1-bekat”
- jadvallar soni – 81ta;
- avtobus yo‘nalishlari soni – 4ta;
- yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari soni – 4ta;
- jami 8ta yo‘nalishni o‘tkazish rejalashtirilmoqda;
- bir vaqtda avtoshohbekat 1ta katta sig‘imli, 3ta o‘rta sig‘imli, 6ta kichik sig‘imli transport vositalarini qabul qilishi mumkin.
“5-bekat”
- jadvallar soni - 44ta;
- avtobus yo‘nalishlari soni – 5ta;
- yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari soni – 2ta;
- jami 7 ta yo‘nalishlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda;
- bir vaqtda avtoshohbekat 4ta o‘rta sig‘imli, 3ta kichik sig‘imli transport vositalarini qabul qilishi mumkin.
Shu bilan birga, 2021 yil uchinchi chorak yakuniga qadar 10ta transport o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
15:59 / 08.01.2026