Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazdan o‘choq yoqish uchun foydalanadigan tadbirkorlar tabiiy gazdan uzilgan – «Hududgazta'minot»
«Hududgazta'minot» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Eshmurodov tadbirkorlarga tabiiy gaz yetkazib berilishi bo‘yicha ma'lumot berdi.
«Tadbirkorlarga tabiiy gaz yetkazib berishda biz ikki xil toifada ularni ko‘ramiz: birinchi toifa – yil bo‘yi har kuni 24 soat mobaynida tabiiy gaz yetkazib beriladigan tadbirkorlarimiz bor. Ikkinchi toifa tadbirkorlarimiz esa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaganligi sababli kuz-qish davrida iste'moli qisqartiriladigan yoki butkul to‘xtatiladigan toifa hisoblanadi. Hozirda mana shunday mavsumiy iste'molchilar tabiiy gazdan to‘xtatilgan. Qolganlarga esa bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilyapti.
Oshxona-restoranlar bo‘yicha juda ko‘p muzokaraga sabab bo‘lgan holat bo‘ldi. Bu yerda bir jihatni aytmoqchimiz. Masalan, o‘sha oshxona, restoran yoki umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarimiz isitish tizimida standart gaz-plitalari bor bo‘lgan iste'molchilarimiz tabiiy gazdan to‘xtatilgani yo‘q. To‘xtatilgan qismi o‘choq uchun foydalanilganda. Chunki o‘choqda boshqa yoqilg‘ilardan foydalanish imkoniyati borligi sababli gazga cheklovlar kiritilgan», deydi «Hududgazta'minot» AJ boshqaruvi raisi Kun.uz muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
2021 yil 1 noyabrdan Toshkentdagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari, shu jumladan, restoran va kafelarni yurituvchi tadbirkorlar gaz ta'minoti organi xodimlaridan gaz uzatilishi o‘chirib qo‘yilishi to‘g‘risida ogohlantirish ola boshlagandi. Energetika vazirligi ushbu harakat zaruriy chora ekanini bildirgan va yaqin kelajakda kuz-qish mavsumida gaz o‘rnini bosuvchi yoqilg‘i vositalaridan foydalanishga o‘tilishini qayd etgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026