Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda Mercedes Gelandewagen va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 15 dekabr kuni soat 20:40larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan "Qanotchi" kafesi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Mercedes G 63 AMG rusumli hamda haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida Nexia rusumli avtomobil haydovchisi, 39 yoshli R.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishni, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
10:59
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:45 / 12.06.2026
Toshkentda xavfli harakatlangan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi
12:00 / 15.05.2026
Qarsaklar bilan yakunlangan sud: Yakkasaroydagi yashil hudud va futbol maydonchasi saqlab qolindi
10:20 / 10.04.2026