Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yana bir yer ostidan o‘tish yo‘li qurilmoqda
Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi oktyabr oyidan buyon yopilgan. Avval ko‘chaning bir tomoni yopildi, keyin uning ham yarmi ochilib, shahardagi eng katta ko‘chaning boshqa qismi yopildi. 4 oydan buyon bu yo‘l yopiqligi samarqandlik haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu yo‘l yopiqligi qolgan yo‘llarda ham tirbandliklar yuzaga keltirmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining «Dinamo» stadioni oldidan o‘tuvchi qismida yer ostidan o‘tish yo‘li qurilmoqda. Yo‘l keyingi yil birinchi chorakda qurib bitkazilishi kutilmoqda.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, qurilish loyihasi «Zarafshon loyiha» korxonasiga tegishli. Qurilish ishlarini «Samarqand maxsus suv drenaj» korxonasi amalga oshirmoqda. Buyurtmachi – «Samarqand suv qurilish invest» DUK.

Ma'lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi yangi yer ostidan o‘tish yo‘li atrofidagi uylarni kanalizatsiya nosozligi sabab ko‘p marta suv bosgan. Aynan shu muammo sabab bir marta yomg‘ir yog‘ib, «Dinamo» stadionini ham suv bosgan edi. Qurilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aynan kanalizatsiya quvurlarini yangilash bo‘lgan. Atrofdagi 1,6 ming metr kanalizatsiya quvurlari yangilangan. Qazish ishlari vaqtida esa yer ostidan o‘tish yo‘li qurishga qaror qilingan.
Kanalizatsiya quvurlarini almashtirish va yer ostidan o‘tish yo‘li qurishga 2,6 milliard so‘m sarflanishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, oldinroq Samarqandda 16 yil avval ko‘mib tashlangan boshqa bir yer ostidan o‘tish yo‘li ochilib, rekonstruksiya ishlari boshlangan edi.
Mavzuga oid
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025