Samarqandda bir neça kundan buyon davom etayotgan yomğir suv toşqinlarini keltirib çiqardi. 24 aprel kungi yomğirlar natijasida şahar markazida joylaşgan «Dinamo» stadioni ham suv ostida qoldi.

Şu sababli, «Dinamo» klubining 26 aprel kuni Superliganing 6-turi doirasida Namanganning «Navbahor» klubiga qarşi ötkazişi belgilangan öyini qoldirilişi mumkin. Bu hafda PFL direktori maslahatçisi Diyor Imomxöjayev özining telegramdagi kanalida ma’lum qilgan.

«Dinamo» va «Navbahor» öyini stadion suv bilan qoplangani uçun öz vaqtida ötmasligi katta ehtimol. «Surxon» — «Andijon» öyini mamlakat rahbariyatining Surxondaryoga ehtimoliy taşrifi sabab boşqa kunda ötişi mumkin. Ayni vaqtda ÖzPFL barça stadionlardagi holatni örganiş işlari bilan band. Yakuniy xulosa taşkilot rasmiy saytida e’lon qilinadi»,- deb yozadi Diyor Imomxöjayev.

Ma’lumot uçun, Superliganing 6-tur öyinlari quyidagi vaqtlarda ötişi belgilangan:
26 aprel, juma
Dinamo — Navbahor (17:30)
Nasaf — OKMK (19:35)
Buxoro — Bunyodkor (19:35)
27 aprel, şanba
Surxon — Andijon (17:30)
Metallurg — Qöqon-1912 (18:30)
Lokomotiv — Qizilqum (19:35)
Söğdiyona — Paxtakor (19:35).