Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibiga o‘zgarishlar kiritildi
“Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Xalq ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablariga o‘quvchilar 5-sinfdan (avval 2-sinfdan), maktab-internatlarga 7-sinfdan (avval 5-sinfdan) qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlar har yili 1–30 iyun kunlari (avval 1-30 iyul) qabul qilinadi. O‘quvchilardan talab etiladigan hujjatlar soni 5 tadan 3 taga qisqartirildi;
Ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari endilikda Davlat test markazi tomonidan (avval maktab komissiyasi) o‘tkaziladigan bo‘ldi. Saralash natijalariga ko‘ra ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga ballar ketma-ketligi bo‘yicha (avval 70 foizdan yuqori bo‘lsa) belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
08:53 / 08.06.2026
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
13:43 / 02.06.2026