08:12 / 17.12.2020
4779

Toshkentda mashinasi yukxonasidan 11 quti pirotexnika buyumlari topilgan yigit qamoqqa olindi

Joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida poytaxt IIBB xodimlari taxminan soat 23:50larda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 29 yoshli O.I. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz Vito” rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

Foto: Kun.uz / arxiv

IIBB xabarida aytilishicha, xolislar guvohligidagi tekshiruv natijasida avtomobil yukxonasidan jami 72 million so‘mlik 11 quti pirotexnika buyumlari topildi. 

“Mazkur fakt asosida Sergeli tumani IIO FMB 4-son IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (“Pirotexnika vositalarining qonunga xilof muomalasi”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov ishlari davom etmoqda”, - deyiladi xabarda.
    
25 noyabr kuni jami profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 120dan ortiq faktlarni aniqladi. 870dan ortiq sertifikatlanmagan pirotexnika buyumlari olib qo‘yildi. Huquqbuzarliklarga aloqador 115 nafar shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi, sud 13ta huquqbuzarga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi belgiladi, 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, qolgan 108 kishi jarimaga tortildi.

Mavzuga oid
Top