Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qotillik qurboni bo‘ldi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 12 dekabr kuni shaharning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.X. (1986 yilda tug‘ilgan) jarohat olib, vafot etgan.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi D.X. (1993 yilda tug‘ilgan) qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Bosh konsulxona ushbu holatni nazoratga olib, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatayotgani va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turgani aytiladi. Marhumning jasadi 16 dekabr kuni vatanga yuborilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026