O‘zbekiston | 14:21 / 19.12.2020
2951
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni qisqartirishning yagona yo‘li tadbirkorlikni rivojlantirishdir - Jahongir Ortiqxo‘jayev

Bugun 19 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda Toshkent shahar Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot, muassasa va idoralar, boshqarma rahbarlari, shuningdek, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning murojaati tinglandi.

Shahar hokimining ma'lum qilishicha, prezident tashabbusi va topshirig‘iga asosan, Toshkent shahrida yil davomida «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari» tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirishning dunyoda isbotlangan yagona yo‘li bu davlatning yordami emas, balki tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Shahar hokimligida ham barcha bo‘g‘indagi rahbarlar bilan «Har bir tadbirkorga – ko‘makdosh, yelkadoshmiz!” g‘oyasi asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani aytildi.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid