Messi Pelening «takrorlanmas rekordi»ni takrorladi
La Liga 14-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Valensiya» o‘yinida tarixiy voqea sodir bo‘ldi.

«Barselona» sardori Lionel Messi birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi. Bu Messining «Barselona» safidagi 643-goliga aylandi. Shu tariqa argentinalik superyulduz bir klub safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha afsonaviy Pele o‘rnatgan rekordni takrorladi. Pelening bu rekordi uzoq vaqt «takrorlanmas» deb atalgan.
GOAL No 6️⃣4️⃣3️⃣ ⚽
— Spors Freak (@OfficialSfreak) December 19, 2020
🇦🇷 Lionel Messi Equalized 🇧🇷 Pele !
Most goals for a Club #BarcaValencia
pic.twitter.com/RkSvJJRwop
Braziliyalik Pele «Santos» klubi safida 17 yil o‘ynab, 643 ta gol urgan. Messi «Barselona» safida 643 ta gol urishi uchun 16 yil kerak bo‘ldi. Keyingi urilgan gol bu borada Messini mutloq rekordchiga aylantiradi.
Qizig‘i, Lionel Messi tarixiy golini osonlikcha urmadi. «Barselona» – «Valensiya» o‘yini bosh hakami avvaliga Antuan Grizmannga qarshi ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgiladi. Qo‘shimchasiga «ko‘rshapalaklar» sardori Xose Luis Gayya maydondan chetlatildi. Biroq hakam VAR yordamida qizil kartochkani bekor qildi, penalti esa bekor bo‘lmadi. Nuqtaga yaqinlashgan Messining penaltidan bergan zarbasini «Valensiya» posboni Xaume Domenek qaytardi. Qaytgan to‘p «Barselona» futbolchilariga borib tushdi va Xordi Albaning uzatmasidan keyin Messi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Messining golidan keyin «Nou Kamp» stadioni tablosida argentinalik futbolchining yubiley goliga bag‘ishlangan kollaj paydo bo‘ldi. Unda Pele Messini ko‘tarib turgani tasvirlangan va Felicitats, Messi (tabriklaymiz, Messi) deb yozilgandi.
#Messi=History pic.twitter.com/P7zpvJfqaE
— FC Barcelona (@FCBarcelona) December 19, 2020
Ma'lumot uchun, Lionel Messi 2004 yildan buyon «Barselona» safida o‘ynab keladi. U professional faoliyati davomida faqat «Barselona» safida o‘ynagan. Messi faoliyati davomida olti marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan va bu borada ham rekordchi. Messi, shuningdek, La Liga va «Barselona» tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

14:33 / 30.07.2023
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi

13:10 / 20.05.2023
Messi va Maradona kashf etilgan turnir. Osiyo chempioni Argentinada tarixni yangilay oladimi?

01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida

00:36 / 30.12.2022