Sothebyʼs auksion uyi ma’lumotiga köra, gap 1958 yil Şvetsiyada bölib ötgan Jahon çempionati finalida Pele kiygan Braziliya terma jamoasining kök rangli, orqa qismida 10-raqam tuşirilgan futbolkasi haqida ketmoqda.
Öşa paytda atigi 17 yoşda bölgan Pele (Edson Arantis du Nasimentu) özining ilk jahon çempionatida iştirok etgan va aynan şu musobaqada Braziliyani tarixidagi ilk jahon çempionligiga olib çiqqan.
Auksion uyining ta’kidlaşiça, musobaqadan keyin Pele mazkur futbolkani jamoadoşi Dida (Edvaldo Alves de Santa Roza)ga sovğa qilgan. Dida çempionatning dastlabki öyinlarida 10-raqamli futbolkani özi kiyib maydonga tuşgan. Biroq guruh bosqiçining uçinçi turida SSSR terma jamoasiga qarşi bahsda Pele gol urgaç va asosiy tarkibdan mustahkam örin olgaç, texnik xatolik tufayli aynan şu raqamli futbolka unga berib yuborilgan. Keyingi barça uçraşuvlarda Pele şu libosda maydonga tuşgan.
Ma’lum qilinişiça, Pele va Dida jahon çempionati davomida bir xonada yaşagan. Musobaqadan keyin Dida futbolkani oilasiga topşirgan. Keyinçalik, 1993 yilda u tuğilgan şahri Maseyodagi Sport muzeyiga berilgan. Muzey esa 2004 yilda uşbu futbolkani Christieʼs auksioni orqali sotgan. Şundan beri u xususiy kolleksiyada saqlanib kelgan. Yangi xaridorning şaxsi esa oşkor etilmagan.
1958 yilgi jahon çempionatida Braziliyaning kök rangli formada öynaşi ham qiziq voqealardan biri hisoblanadi. Musobaqa mezboni Şvetsiya terma jamoasi ham sariq rangli libosda maydonga tuşgani uçun taşkilotçilar braziliyaliklardan an’anaviy sariq formasidan voz keçişni talab qilgan. Şu bois Braziliya futbolçilari kök futbolkada öynaşga qaror qilgan.
Qolaversa, öşa davrda forma tayyorlaş jarayoni ham bugungidan ança farq qilgan. Futbolçilar Braziliya futbol konfederatsiyasi emblemasi va raqamlarni futbolkalarga özlari tikkan. Raqamlar uçun işlatilgan sariq mato esa sport anjomlari taşilgan qoplardan kesib olingan.
Sotilgan aynan şu futbolkada Pele Şvetsiyaga qarşi final bahsini töliq ötkazgan va ikki gol muallifiga aylangan. Öşa uçraşuvda Braziliya 5:2 hisobida ğalaba qozonib, öz tarixida ilk bor jahon çempioni bölgan.
Auksion uyi ma’lum qilişiça, mazkur futbolkaning haqiqiyligi Didadan taşqari öşa çempion jamoaning yana uç nafar a’zosi — Nilton Santos, Orlando Pekanya va Mario Zagallo tomonidan ham tasdiqlangan.
Ayni paytda Pelening mazkur futbolkasi auksionlar tarixida eng qimmat narxda sotilgan ikkinçi futbolka hisoblanadi. Birinçi örin esa Argentina afsonasi Diyego Maradonaning 1986 yilgi jahon çempionati çorak finalida Angliya darvozasiga maşhur golini urgan öyinda kiygan futbolkasiga tegişli. U 2022 yilda Sothebyʼs auksionida 9,28 million dollarga sotilgan.












