Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Somalidan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi
Somalidagi AQSh qo‘shinlarini Sharqiy Afrikadagi boshqa bazalarga ko‘chirish boshlangan. AQSh qurolli kuchlarining Afrikadagi qo‘mondonligi rahbari general Stiven Taunsend Vashington mintaqadan ketmasligini bildirgan.
Pentagon prezident Donald Trampning topshirig‘iga binoan AQSh harbiylarining aksariyat qismini Somalidan olib chiqib ketishga kirishdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Somalidagi AQSh qo‘shinlarini Sharqiy Afrikadagi boshqa bazalarga ko‘chirish boshlangan. AQSh qurolli kuchlarining Afrikadagi qo‘mondonligi rahbari general Stiven Taunsend Vashington mintaqadan ketmasligini bildirgan.
Dekabr boshlarida Pentagon Tramp 2021 yil boshigacha Somalidan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishga buyruq berganini ma'lum qilgandi.
Somalidagi Amerika kuchlari xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi kurashda hamda Somali harbiylarini tayyorlashda yordam beradi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026