O‘zbekiston | 15:15 / 19.12.2020
11096
2 daqiqa o‘qiladi

«Yer olmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar oldimga kelguncha mingta korrupsiya holatlariga duch kelyapti» – Jahongir Ortiqxo‘jayev

Bugun, 19 dekabr kuni, Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishbilarmonlarga, ayniqsa yoshlarga 2021 yillarda qanday sharoit yaratishga harakat qilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

«Yer olmoqchi yoki tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga men konkurslar yoki talablar orqali qo‘l qo‘yib beraman. Lekin mening oldimga kelguncha mingta korrupsiya holatlariga duch kelyapti. Ishini bitirguncha rosa ko‘p muammoga uchrayapti. Shuning uchun biz tarafdan taklif bo‘ldiki, shaharning har bir tumanida yoshlar uchun bo‘sh turgan 4-5 gektar ajratiladi. U yerda 40-50 kvadrat metrli maydonda binolar qurilib, yoshlarga ipoteka krediti ko‘rinishida beriladi. Yosh tadbirkorlar o‘zlari qurishmaydi, ularga joy beriladi, bankka borib ipoteka ochishadi va tayyor joylarda ishlarini boshlaydi.

Hozir Moliya vazirligi bilan gaplashib, buni prezidentga aytdik, u kishiga juda yoqdi. Bu odamlarga ham yoqadi, yaxshi loyiha», — deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid