16:39 / 21.12.2020
13238

Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Hokim o‘rinbosari Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Otabek Mamatqulovich Donaboyev Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek Donaboyev ayni paytga qadar Xovos tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Top