Jahon | 22:11 / 22.12.2020
9635
2 daqiqa o‘qiladi

Putin sobiq prezidentlarning daxlsizligini kafolatlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Federatsiya kengashi vakili, senator Andrey Klishasning bildirishicha, sobiq prezidentning daxlsizligi uning yashash va xizmat joylari, foydalanadigan transport va aloqa vositalari, unga tegishli hujjat va yuklari hamda yozishmalariga nisbatan ham tegishli.

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning sobiq prezidentlari daxlsizligi kafolatlarini kuchaytiradigan qonunni imzoladi

Qonunga muvofiq, sobiq prezidentni daxlsizlikdan mahrum qilish tartibi o‘zgaradi. Endilikda buning uchun Duma uni davlatga xiyonat yoki boshqa og‘ir jinoyat sodir qilishda ayblashi, ayblovni ilgari surish tartibiga rioya qilinishini Oliy va Konstitutsion sudlar tasdiqlashi lozim. Shu asosda Federatsiya kengashi qaror qabul qiladi.

Ilgari sobiq prezidentga qarshi ayblovni Tergov qo‘mitasi prezident vakolatlarini bajarish davrida og‘ir jinoyat sodir etganligi fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganida ilgari surardi. Davlat dumasi taqdimnoma asosida daxlsizlikdan mahrum qilishga rozilik berar, shundan so‘ng masalani Federatsiya kengashi  ko‘rib chiqardi.

Qonunda aniqlik kiritilishicha, sobiq prezident jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi, ushlanishi, hibsga olinishi, tintuv yoki so‘roq qilinishi mumkin emas. 

 Federatsiya kengashi vakili, senator Andrey Klishasning bildirishicha, sobiq prezidentning daxlsizligi uning yashash va xizmat joylari, foydalanadigan transport va aloqa vositalari, unga tegishli hujjat va yuklari hamda yozishmalariga nisbatan ham tegishli bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid