Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda 2 yil ichida 4-marta muddatdan avval parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
Isroil parlamenti Knesset 2021 yil uchun davlat budjetini tasdiqlash muddati o‘tib ketgani sababli avtomatik tarzda tarqatib yuborildi. Isroil qonunchiligiga ko‘ra, endi parlamentning yangi tarkibi uchun saylovlar 23 mart kuni o‘tkazilishi kerak.
“Men barchani vaziyatni avj oldirishdan tiyilishga va saylov kampaniyasi tartibli va zo‘ravonliklarsiz o‘tishi uchun barcha ishni qilishga chaqiraman”, deb aytgan Knesset spikeri Yariv Levin. Shu tariqa, Isroilni 2 yil ichida 4-muddatdan avval parlament saylovlari kutmoqda.
Isroilda siyosiy inqiroz 2019 yildan beri davom etmoqda. Mamlakatda shu vaqt ichida 3 marta saylovlar o‘tkazilgan va ularning barchasida o‘ng va so‘l partiyalar parlamentda deyarli bir xil sonda o‘rinlar olgan. Bu esa hukumatni shakllantirishga to‘sqinlik qilgan.
2020 yil martida o‘tgan saylovlardan keyin bosh vazir Binyamin Netanyaxuning “Likud” va bosh shtabning sobiq boshlig‘i Beni Gansning “Kaxol-Lavan” partiyalari tarkibi almashib turuvchi hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Shundan keyin Knesset yangi koalitsion hukumat tarkibini tasdiqlagan. Kelishuvga ko‘ra, dastlab Netanyaxu, keyin esa Gans 18 oyga bosh vazir lavozimini egallashi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026