Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ilk bor YTHda aybdor bo‘lgan chet elliklarning reytingi e'lon qilindi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi birinchi marta 2020 yilning to‘qqiz oyida mamlakatda yo‘l-transport hodisasi sodir etgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.
Rossiyada YTHlar, boshqa chet elliklarga qaraganda, ko‘pincha O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etiladi. Mamlakat IIV tomonidan birinchi marta keltirilgan YTH aybdorlarining «antireytingi»ga Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Armaniston fuqarolari ham kiritildi.
Afg‘onlar, estonlar va yaponlar eng intizomli xorijiy haydovchilar ekani ma'lum qilindi.
So‘nggi yillarda Rossiyada YTHlar darajasi pasayib bormoqda — 2020 yilda pandemiya cheklovlari tufayli sur'at tezlashdi (yo‘llarda transport deyarli yo‘q edi). Ko‘rib chiqilayotgan davrda chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlar ham kamaydi: 3 mingta avtofalokatda MDH davlatlaridan kelgan haydovchilar aybdor bo‘lgan, yana 3-4 mingtasida boshqa mamlakatlardan kelgan haydovchilar.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari YTHni eng ko‘p sodir etgan (797ta baxsiz hodisa, o‘tgan yilga nisbatan 12,3 foiz). Qirg‘izistonliklar ikkinchi o‘rinda bo‘lsa (701ta, — 6,7 foiz), tojikistonliklar uchinchi pog‘onada (599ta, — 11,4 foiz).
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
14:06
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
18:53 / 10.06.2026