Nurmat Otabekov: «Bir nechta davlatlar «qizil» rangga kiryapti. Bu - xavf degani»
Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh epidemiologi Nurmat Otabekov O‘zbekistonning 8 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishi sabablarini aytdi.

«Qizil, sariq, yashil rangni faqat svetofor tufayli juda tez farqlaydigan bo‘lganmiz. Qizil — olov ramzi, xavf belgisi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Avstriya, Avstraliya, Janubiy Afrika davlatlari «qizil» rangga kiryapti. Demak, bu xavf degani. Maxsus komissiya qarori bilan hozir 8 ta mamlakat bilan aviaqatnovlar to‘xtatildi.
Tarixga nazar tashlaylik. Kasallik bizga chetdan kirib keldi. Ilk bor aniqlangan bemor ham chet eldan kelgan edi. Epidemiologiyaning oltin qoidasi — kasallik manbaini jilovlash. Kasallik manbaini jilovlasak, epidemiologik zanjirni uza olamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu»,- dedi SSV bosh epidemiologi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya davrida O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari uyushgan holda olib kelindi. Kasallik manbalari bitta joyga jamlangach, jilovlash ishlari bilan shug‘ullanildi. Olib borilgan ishlarning samarasi o‘laroq hozir respublikada barqaror vaziyat saqlanib turibdi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025