Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tahlilchilar Xitoy 2028 yilga kelib dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishini taxmin qilishmoqda
Taxminlarga ko‘ra, Yaponiya 2030 yil boshigacha dunyoning uchinchi iqtisodiyoti bo‘lib qoladi, so‘ngra uning o‘rnini Hindiston egallaydi.
Foto: REUTERS/Thomas Peter
Xitoy ilgari taxmin qilinganidan besh yilga ertaroq - 2028 yilda AQShni ortda qoldiradi va dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi. Britaniyaning Iqtisodiy va tadbirkorlik tadqiqotlari markazi (CEBR) ana shunday taxmin bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlariga qarshi kurashda Xitoy AQShni ortda qoldirdi, deya ta'kidlaydi CEBR. Markazning bildirishicha, Xitoy ushbu vaziyatda «oqilona» harakat qildi. Shu bilan birga, virus g‘arb iqtisodiyotning uzoq istiqboldagi o‘sishiga zarba berdi, deya qayd etadi CEBR.
Taxmin qilinishicha, Xitoy iqtisodiyoti 2021-2025 yillarda yiliga 5,7 va 2026-2030 yillarda yiliga 4,5 foizdan o‘sadi. AQShni esa 2021 yilda jadal o‘sish kutmoqda, ammo 2022-2024 yillarda o‘sish yiliga 1,9 va keyingi yillarda 1,6 foizdan bo‘ladi.
Yaponiya 2030 yil boshigacha dunyoning uchinchi iqtisodiyoti bo‘lib qoladi, so‘ngra uning o‘rnini Hindiston egallaydi, deyiladi markaz taxminida.
Mavzuga oid
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
19:31 / 30.12.2025
Yil yakuni: 2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
17:52 / 24.12.2025