Jahon | 21:57 / 26.12.2020
4265
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp FQBni saylovlardagi firibgarliklarga nisbatan harakatsizlikda aybladi

Donald Tramp Amerika «ovoz berish jarayonida sodir etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha rad etib bo‘lmas dalillar bor»ligini ta'kidladi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligini prezident saylovlarida sodir etilgan «mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik»ka nisbatan harakatsizlikda aybladi. U bu haqda Twitter sahifasida yozdi.

Amerika rahbari «ovoz berish jarayonida sodir etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha rad etib bo‘lmas dalillar bor»ligini va buning uchun yuqorida nomlari aytilgan idoralar «uyalishi kerak»ligini ta'kidladi.

«Tarix eslab qoladi. Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak. 6 yanvar kuni Kolumbiya okrugida uchrashamiz», — deb yozdi Tramp.

Shu kuni AQSh kongressida saylov natijalari tasdiqlanadi.

AQShda 3 noyabrda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra Jo Bayden g‘olib deb topildi, Tramp esa mag‘lubiyatini tan olmayapti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid