Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda qor ko‘chkilari ostidan sakkiz kishining jasadi topildi
Eron poytaxti Tehron yaqinidagi tog‘li hududda sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Erondagi mahalliy OAVlar yozmoqda.
Qutqaruvchilar avvaliga ikki nafar alpinist bedarak yo‘qolganidan xabar topgan. Qidiruv ishlari vaqtida ikki alpinistdan tashqari yana olti nafar eronlik fuqaroning jasadi topilgan. Qutqaruv xizmati tomonidan tashkil etilgan maxsus raqamlarga o‘sha hududga sayohatga ketgan odamlarning yaqinlari qo‘ng‘iroq qila boshlagan va ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgani ma'lum bo‘lgan.


O‘lganlardan biri alpinizm bo‘yicha murabbiy Hasan Azardo‘st ekani ma'lum. Qutqaruvchilar 14 kishini ko‘chkilar ostidan qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, tog‘da ko‘chki vaqtida 29 nafar alpinist bo‘lgan. Qolganlarni topish ishlari davom etmoqda.