— Bir tomonda koronavirusga vaksinatsiya jarayonlari boşlanişi arafasida turgan bölsak, bir tomonda virusning yangi ştammi haqida gaplar quloqqa çalinadi. Vaksina yangi ştammlarga ham davo böladimi?
— Albatta, koronavirusga qarşi vaksinalarning yaratilişi qançadan qança odamlarni uşbu kasallikka çalinişdan saqlab qoliş imkoniyatini beradi. Hozir dunyo hamjamiyati pandemiyani boşidan keçirmoqda, şunday ekan birinçi galdagi vazifa bu aynan pandemiyani jilovlaş, kerak bölsa virusning u yoki bu davlatdagi eliminatsiyasiga erişiş hisoblanadi.
Fikrimça, agar aholining 70 foizida immunitetni şakllantira olsak (emlaş orqali yoki kasallaniş oqibatida) demak biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak biz uni yengamiz. Statistik raqamlarga e'tibor bersak, bugunga kelib, yer kurrasi aholisining yuzdan biri koronavirusga çalindi, jami qayd etilgan holatlar soni 80 milliondan oşdi, 1 milliondan ortiq bemor vafot etdi.
Fikrimça, mutatsiyaga uçragan virusning paydo bölişi endilikda emlaşning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar işlab çiqilgan vaksinalarning aksariyati koronavirusning boğlovçi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlaş tadbirlari amalga oşirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib öta oladigan darajada proteinlarini özgartirişi uçun virus bir qator mutatsiyalardan ötişi şart böladi.
Şu örinda, aholimizga eslatib ötmoqçi bölgan narsam şuki, gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uçraşi sababli vaksina har faslning boşida yangilanib turiladi va şu yöl bilan emlaş samaradorligiga erişiladi. Buning uçun koronavirusga qarşi vaksinalarni ham kelgusida yangilaş kerak bölişi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan ma'lumotlar va yaratilgan işlab çiqariş manbalari, şubhasiz keyinçalik aholini unçalik qimmat bölmagan va sifatli vaksina bilan muntazam ta'minlaş imkonini beradi.


















